Mukofotlar oʻz egalariga topshirildi
Tadbirkorlar kuni munosabati bilan mamlakatimizning barcha hududlari qatori Xorazm viloyatidan ham bir guruh tadbirkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Viloyat hokimi Joʻrabek Raximov mukofotlarni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirdi.
— Har yil muhtaram Prezidentimizning 20-avgust — Tadbirkorlar kuni arafasida soha vakillari bilan oʻtkazadigan ochiq muloqotini orziqib kutamiz, — deydi Urganch shahridagi “Star Kids Plus” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Gulnora Sultanmuratova. — Chunki, bu uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan fikrlar bizga yangi gʻoyalar, faoliyatimizni yanada kengaytirishga kuch va ragʻbat beradi.

Bu yil Tadbirkorlar kunini men va jamoam oʻzgacha quvonch bilan kutib olyapmiz. Sababi sana munosabati bilan muhtaram Prezidentimizning Farmoniga asosan “Shuhrat” medali bilan taqdirlandim. Bu yuksak eʼtibor, bildirilgan ishonch zimmamga yanada katta masʼuliyat yuklab Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti yoʻlida yanada gʻayrat, shijoat bilan mehnat qilishga undaydi.
Odilbek ODAMBOYEV,
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring