Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Musulmon oqsoqollari kengashiga aʼzo boʻldi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Musulmon oqsoqollari kengashiga aʼzo boʻldi.
Musulmon oqsoqollari kengashi bosh kotibi, Muhammad Abdulsalom Oʻzbekiston hukumati va shayx Nuriddin Xoliqnazarovga tabrigida, mamlakatimiz va mintaqamizda diniy-maʼrifiy soha rivojiga qoʻshayotgan hissasi uchun oʻz minnatdorligini bildirgan.
Musulmon oqsoqollar kengashi Abu-Dabida 2014-yilda Al-Azhar bosh imomi doktor Ahmad At-Toyib raisligida tashkil etilgan mustaqil xalqaro tashkilotdir. Kengash maqsadi musulmon va musulmon boʻlmagan jamiyatlarda tinchlikni taʼminlash, oʻzaro muloqotni rivojlantirish, bagʻrikenglik va hamjihatlik kabi chin insoniy qadriyatlarini targʻib qilish hamda mustahkamlashdan iborat.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring