Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida umumarmiya sport musboqalariga start berildi

20:41 22 Aprel 2025 Jamiyat
300 0

Bugun Qurolli Kuchlar akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari miqyosida harbiy-amaliy va Olimpiya sport turlari bo‘yicha umumarmiya sport musobaqalarining Mudofaa vazirligi bosqichini tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Mudofaa va Sport vazirliklarining rahbariyati, davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari hamda harbiy okrug va muassasalar miqyosida saralangan eng kuchli jamoalar ishtirok etishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentidan ma’lum qilishlaricha, ushbu musobaqa Mudofaa vazirligi miqyosida har ikki yilda bir marotaba, harbiy okrug va muassasalarda esa har yili o‘tkazilib, unda okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalardan saralangan eng kuchli jamoalar bellashuvga kirishadi.

Marosimda mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Zaynobiddin Iminov so‘zga chiqib, ushbu musobaqa harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, jangovar shaylikni oshirish va harbiy sportchilar safini kengaytirish bilan birga, harbiy xizmatchilarning erishayotgan yutuqlarini ommaga keng targ‘ib qilishda muhim o‘ringa ega ekanligini ta’kidlab, barcha jamoalarga omad tiladi.  

Musobaqa doirasida harbiy xizmatchilar sportning qo‘l jangi, armiya biatloni, pichoq uloqtirish, tosh ko‘tarish, badminton, yengil atletika, milliy kurash, o‘q otish sporti hamda ofitserlar uchun kurash kabi bellashuvlarda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishadi.  

Darhaqiqat, ushbu bahslar harbiy xizmatchilarni har tomonlama toblab, jismonan sog‘lom etib tarbiyalashga va Yangi O‘zbekiston armiyasining mustahkam poydevori bo‘lishiga xizmat qiladi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер