Mudhish YTH! Ikki kishi qurbon boʻldi
Jizzaxda sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi sababli ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 29-aprel kuni soat 18:00 da Paxtakor tumani hududidan oʻtgan “Toshkent-Termiz” yoʻnalishli M-39 yoʻlining 967-kilometrida haydovchi 25 yoshli B.E. boshqaruvida boʻlgan “Matiz” rusumli avtomashinani “Toshkent” yoʻnalishi boʻylab boshqarib ketayotgan vaqtida uxlab qolganligi sababli rul boshqaruvini yoʻqotib, avtomashina yoʻlning oʻng chetiga chiqib agʻdarilib ketgan.
Natijada B.E.ning oʻzi va avtomashina salonida yoʻlovchi sifatida ketayotgan 13 yoshli Z.E. hodisa joyida vafot etiganlar.
Avtomashina salonida boʻlgan yoʻlovchilar: 35 yoshli M.M, 14 yoshli U.E, 12 yoshli A.E. va 6 yoshli S.E. tibbiyot birlashmasiga turli tan jarohatlari bilan yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtakor tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” (odamlar oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring