Mudhish YTH! 3 yoshli bola qurbon boʻldi

12:53 19 May 2020 Jamiyat
1171 0

Fargʻonada sodir boʻlgan yana bir YTH natijasida 3 yoshli voyaga yetmagan bola vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 18-may kuni soat 14:50 larda Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani Oʻqchi mahallasida 1998-yilda tugʻilgan haydovchi I.M. “Vaz-21011” rusumli transport vositasi tezligini meʼyoridan oshirgan holda boshqarayotib, toʻsatdan yoʻlga yugurib chiqqan piyoda 2017-yilda tugʻilgan E.T.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, piyoda, voyaga yetmagan 3 yoshli E.T. (oʻgʻil bola) ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Oʻzbekiston tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер