Toshkentda kollej o‘quvchisi mototsiklni o‘g‘irlayotib halok bo‘ldi
Toshkent shahridagi kollej o‘quvchilari ishtirokidagi yana bir jinoiy ish o‘lim bilan yakunlandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Manbada qayd etilishicha, 22 may kuni kollej o‘quvchilari M.Yu. va K.M. Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida “Max Exem” MCHJ binosi oldida qarovsiz qoldirilgan M.Q. va O.X.ga tegishli “Yamaha” rusumli mototsikllarni haydab qochishgan.
M.Yu. mototsiklni Cho‘ponota ko‘chasida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi daraxtga borib urishi natijasida jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Uning sherigi K.M. esa qo‘lga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring