Moskvada muhojirlar oʻrtasida kelib chiqqan janjalda 100 nafardan ortiq odam hibsga olingan

14:48 13 Iyul 2021 Dunyo
997 0

Foto: TASS

Rossiya huquq-tartibot idoralari 100 nafardan ortiq odamni Moskvadagi "Kuzminki" metro stansiyasida boʻlib oʻtgan janjalga aloqadorligini tekshirmoqda. Bu haqda oʻz manbalariga asoslanib "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.

"102 kishi politsiya boʻlimlariga olib kelindi, ularning janjalga aloqadorligi tekshirilmoqda", deyiladi xabarda.

Manbaga koʻra, shu yilning 12-iyul kuni kechki payt Markaziy Osiyo respublikalaridan kelgan muhojirlarning ommaviy mushtlashuvi boshlangan. Unda qariyb 200 kishi qatnashgan. Maʼlumotlarga koʻra, toʻqnashuvning sababi sifatida tojiklar va qirgʻizlar oʻrtasidagi ziddiyat aytilmoqda. Bunga shaxsiy adovat va Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasidagi mojaro sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.

Janjalning bir nechta ishtirokchilari ogʻir jarohat olgan va tibbiy yordamga murojaat qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер