Moskvada koronavirus tufayli yangi cheklovlar joriy etildi

17:22 10 Noyabr 2020 Dunyo
852 0

Moskva shahar meri Sergey Sobyanin COVID-19 bilan bogʻliq vaziyat tufayli qoʻshimcha cheklovlar joriy etilishini eʼlon qildi. Bu haqda Sputnik manbasi xabar berdi. Xususan:

— 23:00 dan 6:00 gacha umumiy ovqatlanish (restoran, kafe, bar) mehmonlarga xizmat koʻrsatmaydi;

— universitet va kollej talabalari masofadan turib oʻqish rejimiga oʻtkazilmoqda. Talabalarning transport kartalari vaqtincha bloklanadi;

— teatrlar, kinoteatrlar va konsert zallaridagi maksimal sigʻimi 25 foizgacha qisqartirildi;

— sport tadbirlariga tomoshabinlar qabul qilinishi davom etadi, endi tashkilotchilar tadbirlarni Moskva sport boshqarmasi va Rospotrebnadzor bilan kelishilishi kerak;

— madaniy, koʻngilochar va maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish vaqtincha toʻxtatiladi;

— binolarda joylashgan bolalar kunduzgi oromgohlari va bolalar koʻngilochar markazlarining ishi toʻxtatiladi. Bolalar uchun mashgʻulotlar ochiq havoda oʻtkazilishi mumkin.

Cheklovlar ikki oy 13-noyabrdan 2021-yil 15-yanvargacha joriy etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер