Moskvada boʻlib oʻtgan madaniy festivalda oʻzbek xalqining oʻziga xos madaniyati va anʼanalari namoyish etildi

16:53 07 Noyabr 2023 Jamiyat
323 0

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Joriy yil 1-3-noyabr kunlari Moskva shahridagi Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasida “Madaniyatlar chorrahasida” nomli madaniy tadbir boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ushbu tadbirda turli millat vakillari oʻz anʼanalari, urf-odatlari, milliy taomlari va raqslarini namoyish etishdi. “Madaniyatlar chorrahasida” tadbirida oʻzbekistonlik talabalar ham ishtirok etib, xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlarini oʻziga jamlagan dasturni  ishtirokchilar eʼtiboriga havola qildilar.

Festival davomida milliy yarmarka tashkil etildi. Unda har bir millatning oʻziga xos madaniyatini namoyish qiluvchi kiyimlar va milliy taomlari namoyish etildi. Oʻzbekistonlik talabalar tomonidan tayyorlangan bayramona palov, somsa va turli shirinliklar ishtirokchilarga ulashildi. Mehmonlar talabalarimiz tomonidan tayyorlangan taomlarning mazasiga yuqori baho berishdi.

Festival yakunida boʻlib oʻtgan oʻzbek milliy liboslari namoyishi va maxsus konsert dasturi barcha ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Navoiyda “NAVOI NATIONAL FOOD FEST” milliy taomlar festivali boʻlib oʻtishi aytilgandi. Shuningdek, Samarqandda Italiya filmlari festivali boʻlib oʻtgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер