Moskva doʻkonlarida neyron tarmogʻiga ega kameralar oʻrnatiladi
“Aqlli kameralar”ni oʻrnatishdan maqsad turli xaridorlarning mahsulotni qanday tanlashini kuzatish va uni tahlil qilishdir.
Tizim xaridorlarning jinsi va yoshi va ular qayerga qarab turganini tahlil qiladi. Sunʼiy intellekt tomonidan qilingan xulosalarga asoslanib, chakana savdo nuqtalari tovarlarni qanday joylashtirishni tavsiya etadi.
Neyron tarmoqqa ega kameralar poytaxtning “Gaodi” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, deb yozadi “TASS”. Unga koʻra, bunday kameralar allaqachon tayyor, ular tez orada Moskvaning eng yirik supermarketlarida sinovdan oʻtkaziladi.
Kompaniya mahsulotlarga talab katta boʻlishini kutmoqda va yiliga mingdan ortiq shunday tizim ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring