“Morgan Stanley” toʻrtinchi chorakda yevrohudud iqtisodiyotida tanazzulni bashorat qilmoqda

00:01 30 Iyun 2022 Dunyo
959 0

Illyustrativ foto

Yevrohudud iqtisodiyoti 2022-yilning toʻrtinchi choragida Rossiyadan energiya yetkazib berishning qisqarishi tufayli yengil tanazzulga duch keladi. Bu haqda “Morgan Stanley“ tahlilchilari bashoratiga tayanib ”Bloomberg” xabar bermoqda.

Ularning prognozlariga koʻra, mintaqadagi iqtisodiy tanazzul ikki chorak davom etadi va yevrohudud yalpi ichki mahsuloti 2023-yilning aprel — iyun oylarida iqtisodiyotga investitsiyalarning koʻpayishi hisobiga oʻsish surʼatlariga qaytadi.

Yevrohudud uchun noqulay omillar qatorida, Rossiya gaz yetkazib berishda kutilayotgan pasayishdan tashqari, ekspertlar doimiy ravishda yuqori inflyatsiya, shuningdek, isteʼmolchilar va biznes vakillari kayfiyatining yomonlashuvini qayd etishmoqda.

Tahlilchilarning fikricha, rekord darajadagi inflyatsiya sharoitida Yevropa Markaziy banki (YEMB) joriy yilda keyingi har bir yigʻilishda depozit stavkasini koʻtaradi va dekabr oyida hozirgi minus 0,5 foizdan 0,75 foizga yetkazadi. Qayd etilishicha, YEMB iqtisodiyot sezilarli darajada yomonlashgan taqdirda stavkaning oshishini toʻxtatishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер