“Moliya vazirlarining iqlim boʻyicha koalitsiyasi”ga Oʻzbekiston qoʻshilish tashabbusini bildirdi

17:36 19 May 2023 Iqtisodiyot
744 0

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Boshqaruvchilar kengashining 32 yillik yigʻilishi doirasida bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri, yaʼni “Yashil” iqtisodiyotga oʻtish va yashil oʻsish tamoyillarini hayotning barcha sohalariga tatbiq etish yoʻnalishida ham tadbirlar koʻzda tutilgan. Bu borada, 2019-yilning aprel oyida tashkil etilgan “Moliya vazirlarining iqlim boʻyicha koalitsiyasi”ning ham yashil iqtisodiyotni joriy etish va iqlim masalalarini hal etishda oʻrni yildan-yilga ortib bormoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yilning 2-dekabridagi «2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-436 son qarorida amalga oshirilishi belgilangan islohotlar yuqorida aytib oʻtilgan Xelsinki prinsiplariga toʻliq mos keladi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu “Moliya vazirlarining iqlim boʻyicha koalitsiyasi”ga qoʻshilish tashabbusini bildirdi.

Maʼlumot uchun: Hozirda barcha davlatlar hukumatlari, biznes va fuqarolik jamiyati vakillari “yashil” oʻsish prinsiplarini faol joriy etish orqali iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash boʻyicha harakatlarini birlashtirmoqda. Bugungi kunda Koalitsiyaga 80 dan ortiq davlatlarning moliya vazirlari aʼzo hisoblanadi.

Ushbu koalitsiya Jahon bankining qoʻllab-quvvatlashi natijasida tashkil etilgan boʻlib, asosiy maqsadi iqtisodiy va moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda iqlim masalalarini hisobga olish, iqlim bilan bogʻliq asosiy muammolar boʻyicha xabardorlikni oshirish, moliya vazirliklarida ushbu yoʻnalishdagi salohiyatini oshirish hamda iqlim oʻzgarishini oldini olish boʻyicha global harakatlarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Koalitsiya doirasida ilgari surilayotgan Xelsinki tamoyillari Oʻzbekistonning “yashil” iqtisodiyotga oʻtish Strategiyasida belgilangan ustuvor maqsadlariga mos keladi.

Xususan, Xelsinki tamoyillariga muvofiq iqlim oʻzgarishi boʻyicha milliy harakatlarni fiskal siyosat va davlat moliyasini faol jalb etgan holda amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan olib borilayotgan islohotlar bilan mutanosibdir.

Koalitsiya doirasida ilgari surilayotgan Xelsinki prinsiplarini quyidagilardan iborat:

1. Siyosat va amaliyotni Parij bitimi doirasida qabul qilingan majburiyatlarga moslashtirish;

2. Iqlim oʻzgarishi sohasidagi tajriba va amaliy bilimlarni oʻzaro almashish;

3. Samarali uglerod savdosini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tegishli choralar koʻrish;

4. Makroiqtisodiy siyosat, fiskal rejalashtirish, byudjetlashtirish, davlat investitsiyalarini boshqarish va xaridlar amaliyotida iqlim oʻzgarishini hisobga olish;

5. Investitsiyaviy muhitni osonlashtirish orqali iqlim masalalarini moliyalashtirish uchun xususiy manbalarini safarbar qilish;

6. Parij bitimi boʻyicha taqdim etilgan milliy miqyosda belgilangan hissalarini (NDC) shakllantirish va amalga oshirishda faol ishtirok etish.

Oʻzbekistonda ham “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi doirasida “yashil” va inklyuziv iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, Parij bitimi doirasida olingan majburiyatlarni bajarish,uglerod savdosi boʻyicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida “yashil” tamoyillarni keng tatbiq etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер