Moʻynoqda kazino tashkil etiladimi?
Investorlar tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida kazino (oʻyin biznesi)ni tashkil qilish masalasi boʻyicha takliflar berilgan. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova maʼlum qildi.
“Moʻynoq hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish nuqtayi nazaridan investorlar tomonidan koʻplab investitsion loyihalar taklif etilmoqda. Bosh prokuratura tegishli vazirlik va idoralar bilan ushbu takliflarni oʻrganmoqda. Kazino (oʻyin biznesi) masalasi boʻyicha ham takliflar kelib tushgan, uni amalga oshirish ehtimolining barcha aspektlari oʻrganib chiqilmoqda”, – deydi Surayyo Rahmonova.
Spot bergan maʼlumotlarga koʻra, gap faqat kazinolar tashkil qilish haqida bormayapti. Reja boʻyicha Qoraqalpogʻistonda boshqa turdagi azartli oʻyinlar uchun ham maxsus hudud yaratilishi mumkin.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda kazino faoliyati qonun bilan taqiqlangan.
Bundan avval, hozirgi vaqtda tegishli normativ akt tayyorlash boʻyicha Bosh prokuratura tomonidan ishlar olib borilayotgani haqida “Kruz.uz” xabar tarqatgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring