Moʻgʻuliston Prezidenti Samarqandga keldi

11:48 14 Sentyabr 2022 Siyosat
580 0

Foto: Xalq so‘zi

Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisida qatnashish uchun Samarqandga yetib keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Mazkur davlat SHHT huzurida kuzatuvchi maqomiga ega. Sammitda SHHT faoliyatini takomillashtirish, tashkilotga aʼzo davlatlar hamkorligi hamda mintaqaviy xavfsizlik va boshqa mavzulardagi masalalar muhokama qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер