Modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
Illyustrativ foto
Prezidentning tegishli farmoni bilan 2027-yil 1-yanvargacha tadbirkorlar tomonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratilishi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Bunda kamida 10 ta moduldan iborat boʻlgan modulli mehmonxonalar uchun 3 toifada 1-martalik subsidiya ajratiladi.
I toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun 10 million soʻm, II toifa uchun 7 million soʻm va III toifa uchun 5 million soʻmdan mablagʻlar yoʻnaltiriladi.
Bundan tashqari, 2028-yil 1-yanvargacha tibbiy turizm klasterlarining turizm yoʻnalishidagi xodimlari malakasini oshirish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi va 2030-yil 1-yanvargacha ushbu klasterlarining xizmatlari xalqaro turizm hamda tibbiyot yarmarkalarida targʻib qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring