Mirziyoyevga kelajakda energetik boʻlish orzusini aytgan 6 yoshli bolaga Prezident sovgʻasi topshirildi

14:26 31 Avgust 2021 Jamiyat
1215 0

Energetika vaziri 6 yoshli boʻlgʻusi energetikka Prezident sovgʻasini topshirdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 27-avgust kuni Karmana tumanida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasining ishga tushirilishi marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga 6 yoshli Temurbek bobosiga kelajakda energetik boʻlishini maʼlum qilgani aytildi.

Yosh boʻlishiga qaramay, “kelajakda energetik boʻlaman”, deya orzu qilayotgan shijoatli bolaning maqsadi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevni toʻlqinlantirib yubordi. Shundan soʻng, davlatimiz rahbari Energetika vazirligiga Temurbekka prezident sovgʻasini topshirish boʻyicha tegishli topshiriq bergan edi.

30-avgust kuni Energetika vaziri Alisher Sultonov boʻlajak energetikka tantanali ravishda prezident sovgʻasini, shuningdek, energiya tejash va tabiiy resurslar qanchalik qimmatli qazib olinishi haqida bolalar uchun chop etilgan kitobni topshirdi, unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер