Mirziyoyev rahbarlar 35-40 foiz oyligini davlatga qaytarishni oʻylashi kerakligi haqida gapirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarlarni ishsiz va xorijga ishlash uchun ketgan fuqarolar masalasi bilan ishlamayotganligini tanqid qildi.
Bu haqda 16-aprel kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi viloyat faollari yigʻilishida aytib oʻtildi deya xabar berdi “Maxsus rakurs” dasturi.
Davlat rahbarining maʼlum qilishicha, Samarqandda 220 ming nafar fuqaro chet elda, 174 mingi ishsiz.
“Har bir viloyat 4 rahbari agar vijdoni boʻlsa, viloyat hokimiga kelib aytishi kerak «Men 35-40 foiz oyligimni davlatga toʻlayman”, deb. Nimaga desangiz har bir mahalla, tumanda 15, 20, 30 foiz fuqaro chet elda yuribdi. Ular uchun oylik olyapsizlar-ku. Nimaga ularni bir oyda boʻlmasa ham, ikki oyda bir eslamaysizlar? Qayerda yuribdi u bechora, qanday sarson, sargardon yuribdi uni muammosi qanday deb. Juda boʻlmasa bitta telefon qilib qoʻymaysizlar qarindoshing, bolalaring tinch deb. Oyliklaringni topshirmagan boʻlsalaring ham», dedi davlat rahbari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring