“Mirfozil”da mahalla kutubxonasi ochildi

17:21 21 Fevral 2023 Jamiyat
728 0

Foto: Xalq so‘zi

Prezidentimizning oʻtgan yilning 20-dekabr kuni Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida yosh avlodni ilm-maʼrifatli hamda har jihatdan barkamol qilib tarbiyalashda kitobxonlikning oʻrni muhim ekani taʼkidlangan edi.

Shundan kelib chiqqan holda Fargʻona viloyatida, jumladan, Oltiariq tumanida aholi, ayniqsa, yoshlar gavjum boʻladigan savdo majmualari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, mahalla guzarlarida moʻjazgina kutubxonalar tashkil etilmoqda. Ezgu tashabbus doirasida tuman markazida oʻnlab tadbirkorlik subyektlarida ana shunday kutubxonalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Tumanning “Mirfozil” MFYda yana bir ziyo maskani tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

— Ayni paytda mahallamizdagi 562 ta xonadonda qariyb 3 yarim ming aholi istiqomat qiladi, ularning 740 nafari yoshlardan iborat, — deydi mahalla faoli Mirzohid Sharopov. — Bugun kutubxonaga 550 ta kitob jamlanmasi tuhfa etildi. Yaqin vaqt ichida oʻzbek va jahon adabiyoti, oʻquv, ilmiy kitoblar hisobiga kutubxonamiz fondini yanada boyitishni moʻljallayapmiz.

Shuningdek, turli yosh vakillarini kitobxonlikka keng jalb etish uchun tanlovlar, maʼnaviyat aksiyalari oʻtkazib borish ham rejalashtirilmoqda.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер