Minitraktor — sanoat namunasi
Minitraktor sanoat namunasi sifatida SAP 2674-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va huquqiy muhofazaga olindi.
Bu haqda Adliya vazirligi rasmiy telegram sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, minitraktorning asosiy belgilaridan biri — uning o‘lchamlari va g‘ildiraklarining o‘ziga xosligi hisoblanadi. Chunki ushbu xususiyatlar minitraktorga barcha turdagi qishloq va uy xo‘jaligi ishlarini bajarishda to‘liq og‘ir vaznli traktorning o‘rnini bosish imkonini beradi.
Minitraktorning dizayni — tashqi ko‘rinishi odatiy traktorlarni yodga soladi, biroq o‘lcham jihatidan ulardan ancha kichik va ixcham. Buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunalari jumlasiga kiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring