Ming nafardan ortiq oʻzbekistonliklar qarindoshlarini yoʻqlash uchun Vyetnamga borgan
2025-yilning yanvar may oylarida jami 15,8 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Vyetnamga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Joriy yilning yanvar may oylarida Vyetnamga borgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
sayyohlik – 14 611 nafar;
qarindoshlarni yoʻqlash – 1 182 nafar;
xizmat yuzasidan – 6 nafar;
oʻqish – 2 nafar;
Xabarda aytilishicha, mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,5 ming nafarga yoki 3,7 barobarga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring