Milliy qadriyatlarimiz namoyishi

18:24 30 Aprel 2018 Jamiyat
5082 0

“Barkamol avlod” bolalar markazida “Milliy qadriyatlar” ko‘rgazmali festival-tanlovi Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi. 

Tadbirning ochilishida so‘zga chiqqanlar yurtimizda yosh avlodning ijodiy va badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi va Madaniyat vazirliklari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zbekturizm” davlat qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan “Milliy qadriyatlar” ko‘rgazmali festival-tanlovi ham bu borada muhim ahamiyatga ega.

Festival tasviriy san’at, liboslar dizayni, munchoqli bezak, badiiy to‘qish, do‘ppido‘zlik, kulolchilik va mayda plastika, yumshoq o‘yinchoqlar va qo‘g‘irchoqlar, yog‘och o‘ymakorligi kabi yo‘nalishlarda o‘tkazildi. Hakamlar hay’ati har bir ishtirokchining noan’anaviy uslubi, innovatsion yondashuvi va ijodkorlik qobiliyatini baholadi. 

G‘oliblar tashkilotchilarning maxsus diplomi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Endilikda ular Xiva shahrida o‘tkaziladigan Respublika tanlovida qatnashadi. 

Muhammadjon AHMADJONOV.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер