Milliy anʼana va qadriyatlarimiz timsoli
10-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun. Har yili ushbu sana munosabati bilan respublikamizning barcha taʼlim muassasalarida bayram tadbirlarni oʻtkazish anʼanaga aylangan.
Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 269-umumtaʼlim maktabida ham davlatimiz madhiyasining 30 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Sergeli tuman XTB vakillari, maktab maʼmuriyati, “Qumariq” MFY yoshlar yetakchisi, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni maktab oʻquvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlab berishdi.
Qayd etilganidek, madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy oʻtmishimiz, milliy anʼana hamda qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik kabi umuminsoniy tuygʻular tarannum etilgan.
Davlat madhiyamiz yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy oʻzligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol hamda yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishida ham muhim tarbiyaviy vosita boʻlib xizmat qilmoqda.
Bu hali hammasi emas. Mazkur tadbirning uzviy davomi sifatida respublika fan olimpiadasining tuman va shahar bosqichlarida faxrli oʻrinlarni egallagan hamda sport musobaqalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar hamda ularning ota-onalari, fan oʻqituvchilari maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliq, tashakkurnoma va qimmatbagʻo sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Tadbir madhiyamizning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi, bayram ruhi hamda kayfiyatini beruvchi kuy-qoʻshiqlar va sahna koʻrinishlari bilan davom etdi.
Intizor QURBONOVA,
Sergeli tumanidagi 269-umumtaʼlim maktabi direktori.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring