Milliardlar: Ilon Mask Uorren Baffetni ortda qoldirdi

17:08 11 Iyul 2020 Dunyo
1263 0

Foto: rbc.ru

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask milliarderlar reytingida afsonaviy investor Uorren Baffetdan ustun keldi.

Bloomberg agentligi maʼlumotlariga koʻra, 70,5 milliard dollar egasi boʻlgan Mask yettinchi oʻrinni Google hammuassisi Sergey Brin bilan boʻlishib turibdi. Baffet esa 69,2 milliard dollar bilan oʻninchi oʻrinda.

Forbes Ilon Maskning boyligini biroz kamroq deb baholamoqda - 59,3 mlrd, dollar Baffetnikini esa aksincha, koʻproq.

Maskning reytingning koʻtarilishi Tesla kapitallashuvining oʻsishi bilan bogʻliq - juma kuni u yana 10 foizga koʻtarilib 286 milliard dollarga chiqdi va bitta aksiyaning bahosi 1500 dollarni tashkil etdi (faqat iyun oyining boshida 1000 dollar edi). Soʻnggi 12 oy ichida kompaniyaning kotirovkalari besh baravar oʻsdi, u dunyodagi eng qimmat avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylandi.

Baffet bu hafta xayriya ishlariga yana 2,9 milliard dollar ajratdi. 89 yoshli Baffett 2006-yildan buyon 37 mlrd dollardan ortiq pulni xayriyaga sarflagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер