Milan markazida portlash sodir boʻldi
Foto: AP
Milan markazida kislorod baklari boʻlgan furgon portlab, yongʻin chiqdi. Bu haqda "Corriere Della Sera" xabar bermoqda.
Guvohlarning soʻzlariga koʻra, Pyer Lombardo koʻchasida toʻxtab turgan kislorod baklari olib ketayotgan furgonda dastlab yongʻin chiqqan, keyin u portlab ketgan.
Kuchli portlash oqibatida koʻchada turgan toʻrtta avtomobil, dorixona va qoʻshni binodagi xonadonlarga zarar yetgani aytilmoqda.
Voqea joyiga tez yordam va oʻt oʻchirish brigadasi yetib kelgan. Hududni oʻrab olingan, bu yerdagi maktab va ayrim binolarda evakuatsiya ishlari olib borilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring