MIBning Qarshi shahar boʻlimi bir kunda 6,5 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻlarni undirib berdi
Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar boʻlimi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini taʼminlash jarayonida soliq qarzlarini undirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlamagan qarzdorlarning mulklari xatlab olinmoqda.
Oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar natijasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bu qarzdorliklar bartaraf etib borilmoqda. Jumladan, birgina joriy yilning 20-dekabrida 6,5 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻlar undirildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Jumladan, qarzdor “MINORA QURILISH EKSPEDITSIYASI“ MCHJ dan 688 mln. soʻm, “TEXNIK TAʼMINLASH BUTLASH“ MCHJdan 3 mlrd. soʻm, “TEXNOLOGIK TRANS“ AJdan 1 mlrd. 500 mln soʻm, “NEFT VA GAZ QUDUQLARINI SINASH “ AJdan 420 mln. soʻm, “GEOBURNEFTGAZ SERVIS“ MCHJdan 313 mln. soʻm, jami 5 mlrd. 703 mln soʻm soliq qarzdorligi va 182 mln. 128 ming soʻm ijro yigʻimi undirilib tegishli hisob raqamlarga toʻliq oʻtkazildi.
Shuningdek, ulardan 4 mln. soʻmdan ortiq maʼmuriy jarimalar ham undirildi.
Shuningdek, “Masonry group” MCHJdan xam 32 mln soʻm soliq qarzdorligi va undan tashqari ijro yigʻimi va maʼmuriy jarimalar undirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring