Metro bekatiga yosh bolani itarib yuborishgani haqidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi — Toshkent metropoliteni
Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor metro bekatiga yosh bolani itarib yuborishibdi” nomi ostidagi xabarlar keng tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, 26-iyun kuni soat taxminan 18:00 da metropolitenning “Paxtakor” bekatida harakat tarkibidan tushish chogʻida yoʻlovchilardan biri (3 yoshli qizaloq) hamrohining eʼtiborsizligi natijasida oyogʻi vagon eshigiga qisilib qolgan.
Shundan soʻng zudlik bilan unga birinchi yordam koʻrsatilgan hamda tez tibbiy yordam xizmati chaqirtirilgan. Holat yuzasidan yoʻlovchiga hech qanday ogʻir jarohat yetmagan.
“Tarmoqda tarqalayotgan «Yosh bolani itarib yuborishdi” mazmunidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi», — deyiladi Toshkent metropoliteni munosabatida.
Shuningdek, metropoliten yoʻlovchilaridan harakat vaqtida yosh bolalarga eʼtiborli boʻlishlari kerakligini soʻralgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring