“Mening uyim” axborot tizimi orqali 31-oktyabrga qadar 173 mlrd soʻm pul mablagʻi kelib tushgan

06:01 03 Noyabr 2022 Iqtisodiyot
1425 0

Bugun AOKAda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida koʻp qavatli uylarga majburiy badal (kvartplata) ni elektron toʻlashga oid masalalar boʻyicha maʼlumot berildi.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan Koʻp qavatli uylarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar hisob-kitobini yurituvchi “Mening uyim” billing tizimi ishga tushirildi.

Ushbu axborot tizimi orqali:

— koʻp qavatli uylarni boshqaruvchi tashkilotlarning faoliyatini optimallashtirish va respublikadagi koʻp kvartirali uylar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning markazlashgan hisobini yuritish;

— koʻp xonadonli uylarning holati, uy-joy mulkdorlari tomonidan toʻlanadigan mablagʻlar, qarz miqdori, muddatini avtomatik tarzda kuzatib borish;

— tijorat banklarining kassalari va elektron toʻlov tizimlari (click, paynet, upay, payme, uzcard) orqali majburiy badal toʻlovlarini amalga oshirish mumkin.

Respublikada 1,3 milliondan ortiq xonadondan iborat 39 691 ta koʻp kvartirali uy mavjud boʻlib, ularga 736 ta boshqaruvchi tashkilot hamda 277 ta uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat koʻrsatadi.

Hozirga qadar “Mening uyim” yagona elektron bazasiga shirkat va boshqaruv tashkilotlar boshqaruvidagi koʻp kvartirali uylardagi 1 218 689 ta xonadon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер