Meksika sobiq prezidenti korrupsiyada ayblanmoqda
Meksika prokuraturasi sobiq prezident Enrike Penya Netoga qarshi korrupsiya ishi boʻyicha tergov boshladi, deya maʼlum qilmoqda Reuters agentligi.
Prokuratura vakillarining soʻzlariga koʻra, sobiq prezident 2012-yilgi saylovoldi kampaniyasi faoliyatini Braziliyaning “Odebrecht” qurilish kompaniyasidan olingan pora hisobiga moliyalashtirishda ayblanmoqda.
Taʼkidlanishicha, tergov jarayoni Meksikaning “Pemex” neft kompaniyasining sobiq rahbari Emilio Lozoyyaning Penya Neto unga saylovoldi kampaniyasini olib borish va kongressda ovozlarni sotib olish uchun pora berganligi toʻgʻrisidagi koʻrsatmalariga asoslangan.
“Keyinchalik prezidentlik lavozimini egallagan inson va uning moliya vaziri bu pullarni saylovoldi kampaniyasida ishlagan turli xorijiy maslahatchilarga oʻtkazishni buyurgan”, deya taʼkidlamoqda Meksika bosh prokurori Alexandro Gertz.
Bundan tashqari, besh senatorga 2013-2014-yilgi iqtisodiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlash uchun 5 million AQSH dollaridan koʻproq mablagʻ ajratilgan.
2012-yildan 2018-yilgacha Meksika prezidenti boʻlgan sobiq mamlakat rahbari hozircha bu ayblovlarga izoh bermadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring