Mehr va e’tibor haqida hujjatli film
“Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hamroh” nomli hujjatli film olindi.
Mazkur filmda yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam — qarovchisiz qariyalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar hayotiga nazar tashlanadi. Davlatimiz tomonidan ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va yordam “Hamroh” nodavlat tashkiloti faoliyati misolida o‘z ifodasini topadi.
Hujjatli film tomoshabinni mehr-muruvvat, insoniylik, bag‘rikenglik kabi yuksak qadriyatlar haqida o‘ylashga undashi bilan ahamiyatlidir.
Kamoliddin ERGASHEV,
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring