Mehnatiga munosib izzat topgan tadbirkor

17:34 29 Avgust 2024 Jamiyat
301 0

Yaqinda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻshimcha qiymat soligʻining bir qismi tadbirkorga “keshbek” sifatida qaytarib berilishi aytildi. Bunda oylik aylanmasining 60 foizini naqd pulsiz amalga oshirgan korxonalarga QQSning 40 foizi toʻlangan zahoti qaytariladi. Agar naqd pulsiz aylanma 60 foizdan kam boʻlsa, “keshbek” 20 foiz boʻladi.

Bu albatta, bizga ichki va xalqaro turizm yoʻnalishida yanada koʻproq xizmat koʻrsatish uchun imkoniyat boʻlsa, sayyohlarning arzon narxda turpaketlarni xarid qilishi uchun qulaylik yaratadi.

Kompaniyamiz 17 yildan buyon ichki va xalqaro turizm hamda transport yoʻnalishida xizmat koʻrsatib kelmoqda. Yiliga besh ming nafar mahalliy va xorijlik sayyohlarni qabul qilamiz. Joriy yilning oʻtgan davrida 2,5 mingdan ziyod turistga xizmat koʻrsatdik.

Bundan tashqari, Yaponiya, Angliya, Kanada va Fransiya mamlakatlarida tashkil etilgan yarmarka va xorijiy sayyohlik korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvlarda yurtimizning sayyohlik salohiyatini namoyish qilib, hamkorlik aloqalarini oʻrnatib kelyapmiz.

Sohadagi arzimas xizmatlarim Davlatimiz rahbari tomonidan yuksak baholanib Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan “Shuhrat” medaliga loyiq koʻrildim.

Bu eʼtibor menga gʻurur va iftixor bagʻishlashi bilan birga yelkamga yanada katta masʼuliyat yuklaydi. Kelgusida shunga munosib boʻlishga harakat qilaman.

Tolib JAHONGIROV,

“Shaherezada sam star tour dissover” turistik kompaniyasi rahbari,

“Shuhrat” medali sohibi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер