Mehnat yarmarkasi: 250 nafar talaba ishli boʻldi
Davlatimiz rahbari raisligida shu yil 4-mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan muhim vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyati hokimligi, bandlikka koʻmaklashish bosh boshqarmasi, Fargʻona davlat universiteti bilan hamkorlikda mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mehnat yarmarkasida boʻsh ish oʻrinlari mavjud Fargʻona, Oltiariq, Qoʻshtepa, Toshloq, Quva tumanlari hamda Fargʻona, Quvasoy, Margʻilon
Yarmarkada 1 500 nafardan ortiq talabalar qatnashib, mavjud ish oʻrinlari bilan tanishdi. Natijada qiziqishlari va mutaxassislik yoʻnalishlaridan kelib chiqib, 250 nafar talaba bilan ishga qabul qilish boʻyicha kelishuvlar amalga oshirildi.
Tadbir davomida mehnat yarmarkasi tashkilotchilari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda Fargʻona davlat universiteti rektori B. Shermuhammadov universitetda talabalar bandligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar va navbatdagi muhim vazifalar toʻgʻrisida maʼlumot berib, universitet tashabbusi bilan yaratilgan mavjud ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlarining Fargʻona davlat universitetining Fargʻona tumanidagi “Doʻstlik” oʻquv poligoni va Oqbilol agrouchastkasiga sayohatlari uyushtirildi.
Mazkur oʻquv poligonlarida talabalar bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, bogʻdorchilik, gulchilik, chorvachilik va dehqonchilik yoʻnalishlarida yaratilgan ish oʻrni, talabalarga yaratilgan sharoit bilan tanishdi.
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring