MDHga aʼzo davlatlar Moliyaviy razvedka boʻlinmalari rahbarlari kengashining 25-yigʻilishi boʻlib oʻtdi

16:34 06 Dekabr 2023 Siyosat
329 0

Avval xabar berilganidek, Xitoy Xalq Respublikasining Sanya shahrida boʻlib oʻtayotgan Yevroosiyo guruhining 39-Yalpi yigʻilishi haftaligi doirasida bugun MDH ishtirokchi davlatlari Moliyaviy razvedka boʻlinmalari rahbarlari kengashining (Kengash) navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda Bosh prokuratura huzuridagi Departament boshligʻi Ш.Сохибназаров boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, shuningdek, MDH Ijroiya qoʻmitasi, YOG Kotibiyati va Moliyaviy monitoring boʻyicha xalqaro oʻquv-metodik markazining masʼul xodimlari qatnashgan ushbu tadbirda Kengash tomonidan muqaddam qabul qilingan qarorlar ijrosi va ishchi guruhlarining faoliyati natijalarini hamda jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi tezkor vaziyat va uni barqarorlashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar muhokama etildi.

Kengash yigʻilishida Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavflarini aniqlash va baholash sohasida, shuningdek bu kabi xavflarni kamaytirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Yevroosiyo guruhi Yalpi majlisidagi ishtiroki davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер