Matematika, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari eʼlon qilinmoqda

12:36 27 Mart 2026 Jamiyat
377 0

Matematika, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari eʼlon qilinmoqda. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali maʼlum qildi.

Maʼlumki, matematika, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 21-22-fevral (shanba, yakshanba), 28-fevral, 1-2-mart (shanba, yakshanba, dushanba) va 7-mart (shanba) kunlari oʻtkazilgan edi.

Ushbu imtihon natijalarini eʼlon qilish kecha 26-mart kuni boshlanib, talabgorlar sonining koʻpligi sababli jarayon bugun, 27-mart kuni ham bosqichma-bosqich davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер