Matbuot markazida ish qizgʻin ketmoqda

12:06 18 Oktyabr 2018 Siyosat
1509 0
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi, shuningdek, uning doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar mahalliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarida tezkor va atroflicha yoritilishini taʼminlash maqsadida “Oʻzekspomarkaz”da Matbuot markazi tashkil etildi.

Ayni paytda “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarining oʻn nafar ijodiy va texnik xodimlari Matbuot markazida anjuman bilan bogʻliq tadbirlarni batafsil yoritishda faol ishtirok etmoqda.

Matbuot markazida jurnalistlar uchun zamonaviy texnik uskunalar, tezkor internet aloqasi hamda boshqa zarur sharoitlar yaratilgan.

Ushbu tashrif hamda uning doirasidagi tadbirlarni yoritish uchun Rossiya Federatsiyasidan 27 ta ommaviy axborot vositasining yuzga yaqin jurnalistlari hamda texnik xodimlari qatnashadi. Oʻz navbatida, Rossiya Federatsiyasidagi 10 ta gubernatorlikning Axborot xizmati vakillari ishtirok etish istagini bildirgan boʻlsa, mamlakatimizda doimiy akkreditatsiyadan oʻtgan 31 nafar xorijlik jurnalist ham mazkur jarayonlar haqida materiallar tayyorlaydi.

Bundan tashqari, mahalliy ommaviy axborot vositalarining 150 ga yaqin vakillari ham tadbirlarni yoritishda bevosita qatnashyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер