Masʼuliyat va daxldorlik tuygʻusi

13:53 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
665 0

Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanidagi 55 ta saylov uchastkasidan ham tashrif buyurayotganlar qadami uzilmayapti. Hududdagi saylovchilar oʻzlari tanlagan nomzodga ovoz berish uchun kelmoqdalar.

“Bogʻishamol” MFY hududidagi 388-saylov uchastkasida saylov jarayoni uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

– Birinchi marta saylovda ishtirok etyapman, biroz hayajondaman, – deydi shu mahallada yashovchi Avazbek Abdusattorov. – Barcha nomzodlarning dasturlari bilan tanishib chiqdim, ularning ishonchli vakillari tomonidan oʻtkazilgan uchrashuvlarni, televideniyedagi chiqishlarini kuzatib bordim. Bugun aniq ishonch bilan hech ikkilanmay oʻzim tanlagan nomzodga ovoz berdim.

– Uchastkamiz boʻyicha 2773 nafar saylovchi roʻyxatga olingan. Ulardan 44 nafari birinchi marta ovoz beruvchilar, – deydi 388-uchastka saylov komissiyasi raisi Tolibjon Siddiqov. – Saylovchilar uchun barcha sharoit muhayyo qilindi. Binolarimiz yongʻin xavfsizligi, karantin qoidalariga mos ravishda jihozlandi.

Uchastka saylov komissiyasi aʼzolari tomonidan nogironligi bor shaxslarning oʻz yashash xonadonlarida ovoz berishlari uchun ham alohida eʼtibor qaratilyapti.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер