“Massaj” qilaman deb, chuv tushirib ketdi
Toshkent viloyatida yashovchi, 1979-yilda tugʻilgan fuqaro D.A “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻi orqali massaj xizmatlari haqida eʼlon joylashtirib, Buxoro shahrida yashovchi, 1991-yilda tugʻilgan A.N.ni aldagan holda, massaj xizmatlari koʻrsatish evaziga oldindan toʻlov qilishini aytadi va N.A.ning oʻz plastik kartochkasidan “PAYME” ilovasi orqali 500.000 soʻm pulni oʻtkazishiga erishib, bergan vaʼdasini bajarmasdan firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan. Bu haqda Buxoro viloyat IIB xabar berdi.
Holat yuzasidan D.A.ga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring