Mart oyidagi eng kuchli magnit boʻronining sanasi maʼlum boʻldi

19:04 18 Fevral 2020 Dunyo
1496 0

Foto: www.google.com

Mart oyida sodir boʻladigan magnit boʻroni 2020-yildagi eng kuchlisiga aylanishi mumkin. Bahorning birinchi oyi bir nechta geomagnit hodisalari bilan ajralib turadi, deb xabar beradi “planetanovosti.com”.

Lebedev nomidagi Fizika instituti mutaxassislarining soʻzlariga koʻra, 4-mart kuni juda kuchli magnit boʻroni sodir boʻladi va uning oqibatlari 5-martda ham seziladi. Meteozarba baʼzi fuqarolarning sogʻligʻiga taʼsir qilishi natijasida bosh ogʻrigʻi, asabiylashish, tushkunlik, zaiflik va uyqusizlik holatlari yuzaga kelishi mumkin.

Ayniqsa, ob-havoga sezgir, surunkali kasalliklarga chalingan, hissiy jihatdan beqaror va yurak-qon tomir kasalliklari boʻlgan fuqarolar bu hodisaga jiddiyroq eʼtibor qaratishi lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер