Mart oyida ishbilarmonlik faolligi oʻrtacha oʻsishni koʻrsatdi — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Hududlar kesimida Navoiy viloyatida eng yuqori oʻsish surʼati qayd etilgan, 5 ta hududida bank operatsiyalari soni oshdi, yirik korxonalar soni 268 taga koʻpaydi.
Ishbilarmonlik faolligi indeksi #IFI 2022-yil mart oyida 1026 birlikni tashkil etib, fevral oyiga nisbatan 2,6 foizga oshdi. Shuningdek, ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan esa 16 foizlik oʻsish qayd etildi.
Komponentlar darajasida quyidagi oʻzgarishlar boʻlgan:
— xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisob varaqalaridagi operatsiyalar soni 0,9 foizga oshgan;
— faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha komponent 2,7 foizga oshgan;
— tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 3,7 foizga oshgan;
— tovar belgilari boʻyicha komponent 5,8 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring