Mart oyida 1716 ta holatda xodimlar ish vaqtidan tashqari ishga hamda 734 ta holatda dam olish kunlari ishga jalb etilgan — Mehnat inspeksiyasi

18:44 10 Mart 2020 Jamiyat
1320 0

Tashkilot va idoralarda ish vaqti meʼyorlariga qatʼiy amal qilinishiga erishish, xodimlarning ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlari ishga jalb etilishiga barham berish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilyapti. Ayni mazmunda kelib tushgan murojaatlar asosida monitoringlar oʻtkazilib, qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan masʼullarga nisbatan jazo choralari koʻrilmoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 2020-yil mart oyi holatiga koʻra, Davlat mehnat inspeksyasi tomonidan 3993-marta monitoring oʻtkazildi. Oʻrganishlar 2450 ta holatda qonun buzilish holatlari aniqlanganini koʻrsatdi. Shularning 1716 tasida xodimlar ish vaqtidan tashqari ishga hamda 734 tasida dam olish kunlari ishga jalb etilgan.

Natijada 5261 ta tashkilotga yozma ogohlantirish, 465 tasiga yozma koʻrsatma berilgan boʻlsa, 49 tasi jarimaga tortilgan.

Davlat mehnat inspeksiyasining bu kabi monitoring tadbirlari davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер