Marokashda yuz bergan zilzila qurbonlari soni ortib bormoqda

18:43 12 Sentyabr 2023 Dunyo
1209 0

Foto: Reuters

Shu yilning 9-sentyabr kuni Marokashda yuz bergan zilzila qurbonlari soni 2,9 mingdan oshdi. Bu haqda “Hespress“ gazetasi mamlakat Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.

“Zilzila qurbonlari soni 2901 nafarga yetdi”, — deyiladi xabarda. Nashr maʼlumotlariga koʻra, 5530 nafar fuqaro turli ogʻirlikda tan jarohati olgan.

9-sentyabrga oʻtar kechasi Marokashning Marrakesh shahri yaqinida 6,8 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Zilzila epitsentri 839 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan aholi punktidan 77 km uzoqlikda joylashgan.

Qirollik Ichki ishlar vazirligi bayonotiga koʻra, favqulodda xizmatlar vayronalarni tozalashda davom etmoqda. Shu munosabat bilan yaradorlar va qurbonlar haqidagi maʼlumotlar oʻzgarmoqda.

Bundan tashqari, yer qobigʻining siljishi tufayli koʻplab mashhur muzeylar va masjidlar zarar koʻrgan. Xususan, zilzila XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan Dar-Si-Said saroyiga jiddiy shikast yetgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер