“Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bogʻi va “Oqtogʻ-Tomdi” davlat qoʻriqxonasi tashkil etildi
Prezidentimizning 2022-yil 16-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, mazkur bilan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida umumiy maydoni 1 200 000 gektar boʻlgan “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bogʻi hamda Tomdi tumanida umumiy maydoni 40000 gektar boʻlgan “Oqtogʻ-Tomdi” davlat qoʻriqxonasi tashkil etildi.
Milliy tabiat bogʻi va davlat qoʻriqxonasi faoliyati yoʻlga qoʻyilishi natijasida Qizilqum choʻlining markaziy qismidagi tabiiy majmua va obyektlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil Kitobiga kiritilgan 30 dan ortiq turdagi noyob hayvon turlari, 10 dan ortiq oʻsimlik turlari hududiy jihatdan muhofaza ostiga olinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring