Markaziy Osiyodagi eng yirik korxonada nima gaplar?

15:51 31 Yanvar 2020 Iqtisodiyot
1602 0

Ushbuk savolga yaqinda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda “Oʻzmetkombinat” AJ hamkorlikda ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun tashkil etilgan mediaturda atroflicha javob berildi.

Taʼkidlanishicha, “Oʻzmetkombinat” AJ qora metallar prokati ishlab chiqarish boʻyicha Markaziy Osiyoda eng yirik korxona hisoblanadi. Bu yerda nafaqat metallurgiya mahsulotlari balki, qurilish materiallari hamda xalq xoʻjaligi mollari ham ishlab chiqariladi. Xususan, zavoddan chiqayotgan elektrod, har xil oʻlchamdagi sim va armaturalar, bazalt asosida issiqlik saqlovchi mahsulotlardan yurtimizdagi bunyodkorlik jarayonida keng foydalanilyapti.

“Oʻzmetkombinat” AJda, shuningdek, “Toshkent viloyatida bazalt asosida issiqlik oʻtkazmaydigan materiallar (mineral vata, mata, plita) ni ishlab chiqarishni tashkil qilish” investitsion loyihasi amalga oshirilgan. Unga koʻra, bu yerda yiliga 500 tonna mineral vata, 2 850 tonna matlar, 6650 tonna plita ishlab chiqariladi.

Umuman, kombinat jamoasi eksport salohiyatni oshirish, yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyish maqsadida astoydil mehnat qilishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер