Markaziy bank raisiga oʻrinbosarlar tayinlandi
Foto: Markaziy bank
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga koʻra;
• Nodirbek Muhammadiyevich Achilov — Markaziy bank raisining oʻrinbosari etib tayinlandi. Mazkur tayinlovga qadar Achilov Monetar operatsiyalar departamentiga rahbarlik qilgan.
• Sanjar Salaydinovich Nosirov — Markaziy bank raisining oʻrinbosari etib tayinlandi. Nosirov bungacha Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish metodologiyasi departamenti rahbari lavozimida ishlagan.
• Nusratulla Nigmatullayevich Fazilov — Markaziy bank raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Fazilov ushbu tayinlovgacha Banklarni prudensial nazorati departamentiga rahbarlik qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring