Markaziy bank kreditni soʻndirish uchun fuqarolarning roziligisiz kartadan pul yechib olayotgan banklarni jazolashni boshladi
Foto: Arxiv surat
Maʼlum qilinishicha, kafil yoki birgalikda qarz oluvchi hisoblanmagan fuqarolarning bank kartalari qonun hujjatlariga rioya qilinmagan holda ularning roziligisiz tijorat banki tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit qarzdorligini soʻndirish uchun biriktirilib, mablagʻlar yechib olish amaliyoti yoʻlga qoʻyilganligi aniqlandi.
Bunday amaliyotni yoʻlga qoʻygan «Davrbank»ka nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyasi qoʻllanildi. Shuningdek, bankka fuqarolarning bank hisob varaqlaridan (shu jumladan, bank kartalaridan) mablagʻlarni qonunchilikka zid ravishda ularning roziligisiz hisobdan chiqarish taʼqiqlandi.
“Shu oʻrinda barcha tijorat banklariga «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 57-moddasida bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi uchun bankka nisbatan choralar koʻrilishi belgilanganligini eslatib oʻtish joiz», — deyiladi Markaziy bank xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring