“Maʼrifat va saxovat karvoni”: ochiq muloqot va ijtimoiy koʻmak

09:24 16 Iyul 2025 Jamiyat
248 0

Otabek ISROILOV/“Xalq soʻzi”. Nurafshon shahrida “Maʼrifat va saxovat karvoni” orqali bir qancha tashkilot rahbarlari aholi bilan ochiq muloqot qilmoqda. Bu karvon mahallalar boʻylab yoʻlga chiqar ekan, ijtimoiy-maishiy muammolar oʻrganiladi, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatiladi, yoshlarga kasb-hunar va taʼlim sohalari boʻyicha maslahatlar beriladi.

— Bu tadbirning asosiy maqsadi — inson qadri har narsadan ustunligini amalda koʻrsatish. Shu jihatdan har bir fuqaroni rozi qilish va ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilganiga mahallamiz misolida ham guvoh boʻlib turibmiz, — deydi Uchqun mahallasida yashovchi Lazokat Xoldorova.

“Maʼrifat va saxovat karvoni” tadbirlari doirasida Nurafshon shahridagi 22 ta mahallada istiqomat qiluvchi 539 ta ehtiyojmand oila holidan xabar olish koʻzlangan. Buning uchun 4 ta koʻmak guruhi tuzilgan boʻlib, ularga 108 nafar masʼul biriktirilgan. Mutasaddilar xonadonma-xonadon yurib, oilalarning ahvolidan xabar olmoqda, ularni qiynayotgan muammolarni oʻrganmoqda.

Kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga birinchi tibbiy yordam toʻplamlari, dori-darmon va shaxsiy gigiyena vositalari, maktab oʻquvchilari uchun oʻquv qurollari, oʻzbek va jahon adabiyotining sara namunalaridan iborat kitoblar jamlamasi topshirilyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер