Marhamatda toshdan qogʻoz ishlab chiqarilmoqda

23:03 26 Mart 2021 Iqtisodiyot
1616 0

Marhamat tumanida “Marhamat metan gaz” MCHJ tomonidan tashkil etilgan korxonada toshdan qogʻoz va karton ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Buning uchun Xitoy Xalq Respublikasining “NANJING GS-MACH EXTRUSION EQUIPMENT CO., LTD” kompaniyasi tomonidan zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari olib kelindi. Ular 400 nafar ishchilar tomonidan boshqarilmoqda.

— Toshdan yasalgan qogʻoz bir qancha afzalliklarga ega,-deydi korxona rahbari Qobiljon Obidov. — Maʼlumki, sellyuloza qogʻoz tayyorlash uchun juda koʻp suv sarflanadi, biroq tarkibiga zaharli moddalar aralashuvi sabab bu suv yaroqsiz holga kelib qoladi. Toshdan qogʻoz ishlab chiqarishda esa suv ishlatilmaydi. Shuningdek, mustahkamligi, chidamliligi oddiy qogʻozga nisbatan yuqori. Oʻzidan suv oʻtkazmaydi, dogʻ yuqmaydi. Shu bois toshdan olingan qogʻoz matbaachilikda, qadoq va gulqogʻoz ishlab chiqarishda juda qulay. Tashqi bozorda xaridorgir.

Loyihaviy qiymati 70 mlrd 56 mln soʻmni tashkil etgan korxonada yiliga 6.6 mln dollarlik 6 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Shundan 1.7 mln dollarlik qogʻoz xorijga eksport qilinadi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер