Marhamatda 2 oyda 600 oʻrinli korxona qurib bitkazildi

08:08 09 Iyul 2020 Iqtisodiyot
845 0

Mamlakatimizda kambagʻallikka barham berishning eng afzal yoʻli yangi ish oʻrinlarini yaratishdir. Ayniqsa, chekka hududlarda ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tashkil etish bu boradagi samarali usuldir. Marhamat tumanidagi Mirishkor MFYda ham “Kasaba tekstil hamkor” MCHJ tikuvchilik korxonasining ish boshlashi natijasida 600 nafar mahalliy aholi doimiy ish joyiga ega boʻldi.

—Chekka qishloqlardan birida yashaganimiz bois ish bilan taʼminlanish masalasi doim qiynab kelgan, — deydi korxona ishchisi Sanobarxon Mamarasulova. — Endi boʻlsa shundoqqina mahallamizda barpo etilgan korxonada mehnat qilish imkoniga egamiz.

Korxona respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi koʻmagida 2 oy muddat ichida qurib, foydalanishga topshirildi. Endilikda bu yerda sifatli va bejirim kiyim-kechak mahsulotlari tayyorlanmoqda.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер