Marhamat va Paxtaobod tumanlarida yangi maktablar foydalanishga topshirildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Saminjon Husanov/«Xalq soʻzi». Marhamat tumanidagi Uvaysiy mahallasida 300 oʻrinli yangi maktab binosi qurilib, topshirildi. Buning uchun davlat byudjetidan 4 mlrd. 300 mln. soʻm mablagʻ sarflandi.
Paxtaobod tumanidagi «Guzar» mahallasidagi 10-umumtaʼlim maktabiga esa 450 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi qurib berildi.
— Mavjud maktab binosi bundan 50-60-yil muqaddam barpo etilgan edi, — deydi mehnat faxriysi Abdulvosit Abdullayev. — U paytlar oʻquvchilar soni oz edi. Shu bois muammo boʻlmagan. Bugungi kunga kelib aholi sonining ortishi yangi oʻquv binosiga boʻlgan talabni yuzaga keltirdi. Natijada ushbu taʼlim maskani 624 oʻringa ega boʻldi.
Yangi maktablarda farzandlarimizning sifatli taʼlim olishlari barcha sharoitlar yaratilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring