Margʻilonning muhtasham mahallasi

20:23 17 Dekabr 2021 Jamiyat
810 0

Foto: "Xalq so'zi"

“Obod mahalla” dasturi doirasida Margʻilon shahrining 8,5 ming aholi istiqomat qiladigan “Nadirmat” fuqarolar yigʻini ipakchilar shahrida eng koʻrkam va muazzam maskanlardan biriga aylandi.

Mahalla raisi Tavakkaljon Nuriddinovning aytishicha, dastur boʻyicha 14,5 kilometr ichki yoʻllar asfaltlandi. Aholini ichimlik suvi bilan toʻliq taʼminlash uchun quvur tortildi, yangi transformator, 100 dan ortiq beton tayanch ustunlar, 346 ta tungi yoritish chiroqlari oʻrnatildi. Mahalla xonadonlari toʻliq internet tarmogʻiga ulandi.

Mahallada zamonaviy mebel korxonasi, “Ziyo” va “Eko” doʻkonlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Shu hududda joylashgan 31-umumiy oʻrta taʼlim maktabining foydalanilmay turgan binolari kapital taʼmirlanib, davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bunyod etildi. Margʻilon shahar 6-oilaviy poliklinikasining “Nadirmat” filiali uchun ham bino ajratilib, zamonaviy qiyofaga keltirildi.

— “Nadirmat” MFYda amalga oshirilgan ishlar davlatimiz rahbari boshchiligida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlarning amaldagi yana bir tasdigʻidir, — deydi Margʻilon shahar prokurori, 2-sektor rahbari Sherzod Mavlonov. — “Obod mahalla” dasturi asosida bunday keng koʻlamli ishlar uchun 6 mlrd. 133 mln. soʻm mablagʻ sarflandi. Ezgu tashabbus doirasida tadbirkorlar va homiylar tomonidan 760 mln. soʻm mablagʻ ishlatilgani ham tahsinga loyiq.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

 

 

 

 

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер