Margʻilonda tadbirkorlar kengashi ish boshladi

12:36 08 Avgust 2024 Jamiyat
319 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Joriy yilda davlatimiz rahbari Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida Margʻilon shahrida bir guruh nuroniylar bilan suhbatlashdi. Samimiy muloqotda azaldan tadbirkorlik va hunarmandchilik rivojlangan ushbu shaharda aholi turmush farovonligini yuksaltirish boʻyicha bir qator ezgu tashabbuslar ilgari surildi.

Xususan, Margʻilon shahrida “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishiga kirishildi. Kichik va oʻrta biznes, oilaviy tadbirkorlik, yengil sanoatni rivojlantirish maqsadida istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Ayni jarayonda shaharning Yangi hayot koʻchasida 110 gektar maydonda “Burhoniddin Margʻinoniy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi” hamda yangi shaharcha qurilishi, istirohat bogʻini qayta taʼmirlash, kichik sanoat zonalarida esa yangi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

— 200 nafardan ziyod tadbirkorlar ishtirok etgan yigʻilishda Tadbirkorlar kengashi faoliyatini namunali tarzda tashkil etish boʻyicha muhim vazifalar kelishib olindi, — deydi Margʻilon shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Abdubannob Mansurov. — Eng asosiy maqsad tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, bu boradagi muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etishga qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер